“Barhayot siymolar”
2018 yil 9 fevral kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligi munosabati bilan “Barhayot siymolar” nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi.
Kechada 1 kurs talabalari tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga to’xtalib, g’azal va ruboyilaridan aytib, sahna ko’rinishlari namoyish etildi.
Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga bag’ishlab tayyorlangan qiziqarli savollarga talabalar tomonidan javob berildi. Kechada faol ishtirok etgan talabalarga sovg’alar ulashildi.