“Giyohvandlikka qarshi kurashish”!
2018 yil 16 fevral kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida “Giyohvandlikka qarshi kurashish” samaradorligini oshirish maqsadida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Profilaktik tadbirda Toshkent shahar IIBB TB bo'limi boshlig'i mayor O.M.Otabaev mavzuga doir ma’ruzа qilishdi.
Tadbirda professor-o‘qituvchilar, fakultetlar bo‘yicha ma‘naviyat va ma‘rifat ishlariga mas‘ullar, Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari hamda 200 nafar talabalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalar bergan savollarga mutaxassislar tomonidan hayotiy misollar asosida javoblar berib o‘tildi. Tadbir so‘nggida “Ikki yo'l orasida” nomli videofil‘m namoyish etildi.