“Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti jamoasi “O’zbekiston bo‘ylab sayohat qil”! shiori ostida tarixiy shaharlarga sayohati tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-sonli qarori ijrosi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirining 17.03.2018 yildagi 245-sonli buyrug‘iga binoan, institut jamoasi 18-21 mart kunlari Samarqand viloyatiga 7 ta xodim va 63 ta talaba, Buxoro viloyatiga 1 ta xodim va 10 ta talaba, Xorazm viloyatiga 3 ta xodim va 12 ta talaba, Qashqadaryo viloyatiga 1 ta xodim va 16 ta talaba hamda Toshkent viloyatiga 12 ta xodim va 108 ta talaba-yoshlarning tashriflari tashkil etildi.