O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining qo’shma qaroriga binoan, 2018 yil 13 aprel kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Toshkent shahridagi bir qator umumta’lim maktablari bilan hamkorlik to’g’risidagi memorandum imzolashdi.
Institut rektori B.Daminov biriktirilgan maktab rahbarlari bilan o’tkazilgan suxbatda umumta’lim maktabida tahsil olayotgan o’quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga bo’lgan qiziqishini kuchaytirish, institut professor-o’qituvchilarining ilmiy-pedagogik salohiyati va tajribalaridan samarali foydalangan holda ilg’or o’qitish uslublarini umumta’lim maktablaridagi ta’lim jarayoniga mos ravishda tatbiq etish kabi muhim va dolzarb vazifalarni hamkorlikda amalga oshirish haqida o’z fikrlarini bildirdi.