“Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!”

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 23.03.2018 yildagi 87-02-698-sonli xatiga binoan,  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi hamkorligida 2018 yil 18 aprel kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talaba-yoshlari o‘rtasida diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlariga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Profilaktik tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita mas‘ul xodimi M.Yo‘ldoshev,  Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi Ma‘naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari N.Raxmonov va O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi F.Boboyorovalar mavzuga doir ma‘ruzalar qildi.

Tadbir davomida diniy ekstremistik oqimlar ta‘siriga tushib qolgan insonlar qismati to‘g‘risidagi “Tafakkur ehtiyoji” hujjatli filmi namoyish etildi.

Tadbir tafsiloti Yoshlar teleradiokanalining “Davr” informatsion dasturi orqali yoritildi.

01

02

03

04

05

06

07

08

09

10

11

12

13