Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 5 mln so‘mdan beriladi
9 may bayrami munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 5 mln so‘mdan beriladi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 aprel kuni «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.
9 may umumxalq bayrami - Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishi hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida ularga 5 mln miqdorida biryo‘la pul mukofoti belgilandi.