“OIV/OITS infektsiyasi etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi va profilaktikasi”

2018 yil 24 aprel kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida “OIV/OITS infektsiyasi etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi va profilaktikasi” mavzusida targ’ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Respublika OITSga qarshi kurash markazi mutaxassisi G.Xamraeva,  professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Ma’ruzada hozirgi kunda butun dunyoda, jumladan mamlakatimizda dolzarb muammo hisoblanmish OITSga qarshi kurash masalalari, Odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV), OIV infektsiyasi, OIVni yuqtirib olganlar, ottirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) tushunchalari, OIV infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari, OIV infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasida davlat boshqaruvi, OIV infektsiyasi tarqalishiga  qarshi kurashishga doir chora-tadbirlar, OIVni yuqtirib olganlarga tibbiy yordam ko’rsatish kabi masalalari hamda yoshlar o’rtasida olib borilayotgan muayyan ishlar haqida ma’lumot berildi.

IMG_5483

IMG_5487

IMG_5491

IMG_5497

IMG_5502

IMG_5523

IMG_5528

IMG_5538