Odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan 2018 yil 14 fevralda tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 10-bandiga binoan, 2018 yil 23 may kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari o’rtasida “Odam savdosi – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir” mavzusida profilaktik tadbir o’tkazildi.
Tadbirda Yunusobod tumani adliya bo’limi boshlig’i A.Urunov va maslahatchi R.Navruzovlar mavzuga oid ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Tadbirda odam savdosini oldini olish, uning salbiy oqibatlari nafaqat bir fuqaro, oila balki butun bir xalqning genofondiga salbiy ta’sir ko’rsatishini nazariy va amaliy misollar orqali tushuntirilib o’tildi. Tadbirda 100 dan ortiq talaba-yoshlar va professor-o’qituvchilar ishtirok etdi.