Umumta’lim maktablari bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining qo’shma qaroriga binoan, 2018 yil 13 aprel kuni  Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Toshkent shahridagi bir qator umumta’lim maktablari bilan hamkorlik to’ғrisidagi memorandumni  imzolagan edi.

Chora-tadbirlar rejasiga binoan, aprel-may oylarida institut professor-o’qituvchilari, Xotin-qizlar qo’mitasi BT va Yoshlar ittifoqi faollari tomonidan institutga biriktirilgan maktab-internat o’quvchilari o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy, kasbga yo’naltirish va tibbiy madaniyatni shakllantirish bo’yicha  uchrashuv-muloqotlar  tashkil etildi.

Jumladan; 2018 yil 28 aprel kuni Yoshlar ittifoqi faollari tomonidan Yashnobod tumanidagi ixtisoslashtirilgan 103-maxsus maktabi o’quvchilari bilan kasbga yo’naltirish yuzasidan muloqot o’tkazishdi.

2018 yil 7 may kuni Yoshlar ittifoqi faollari tomonidan  Yakksaroy tumanidagi 25-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabga 9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan “Hech kim, hech narsa unutilmaydi!” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.

ёшлар иттифоки 0330

ёшлар иттифоки 0440

ёшлар иттифоки 11111

ёшлар иттифоки 33333

2018 yil 3 may kuni O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan Olmazor tumani 100-sonli tayanch harakati a’zolarida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda amalga oshirilayotgan  islohotlarning mazmun-mohiyatiga baғishlangan tarғibot tadbiri tashkil etildi.

Курдошев 00004

Курдошев 00005

2018 yil 11 va 14 may kunlari Jamoat salomatligi va sog'liqni saqlashni boshqarish kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan  Olmazor tumanidagi 106-ixtisoslashtirilgan maktabi, Olmazor tumanidagi 100-tayanch harakati a’zolarida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun  ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Yakkasaroy tumanidagi 25-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun  ixtisoslashtirilgan  maktabi, Mirobod tuanidagi ixtisoslashtirilgan 57-maxsus maktab va Yashnobod tumanidagi ixtisoslashtirilgan 103-maxsus maktab o’quvchilarini kasb-hunarga bo’lgan qiziqishini kuchaytirish, tibbiy maslahatlarni yo’lga qo’yish va tibbiy profilaktik ishlarni olib borish maqsadida  uchrashuvlar  o’tkazildi.

Gigiena00

 Р“игиена 0222

гигена 0131

Гигиена 0130

 

2018 yil 16-17 may kunlariPsixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi, tibbiy psixiatriya, psixoterapiya kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan Yakkasaroy tumanidagi 25-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun  ixtisoslashtirilgan  maktabi va Yashnobod tuanidagi ixtisoslashtirilgan 103-maxsus maktab o’quvchilarini kasb-hunarga bo’lgan qiziqishini kuchaytirish, tibbiy maslahatlarni yo’lga qo’yish va tibbiy profilaktik ishlarni olib borish maqsadida uchrashuv o’tkazildi.

Психиатрия 00001

Психиатрия 00002

Психиатрия 00003

психиатрия001

психиатрия 00

психиатрия 002

 2018 yil 19 may kuni Travmatologiya, ortopediya, bolalar travmatologiyasi, ortopediyasi, neyroxirurgiya va bolalar neyroxirurgiyasi kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan  Olmazor tumanidagi 100-tayanch harakati a’zolarida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilarini kasb-hunarga bo’lgan qiziqishini kuchaytirish, tibbiy maslahatlarni yo’lga qo’yish va tibbiy profilaktik ishlarni olib borish bo’yicha uchrashuv-muloqot o’tkazildi.

травма 01

травма02

 2018 yil 22 may kuni Tibbiy kimyo va biologik kimyo, tibbiy biologiya, umumiy genetika kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan Yunusobod tumanidagi 271-maktab o’quvchilarini uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

С…РёРјРёСЏ01

С…РёРјРёСЏ02

2018 yil 22 va 24 may kunlari Xotin-qizlar qo’mitasi BT faollari, Jismoniy tarbiya, shifokor nazorati va fuqaro muxofazasi kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan Yakkasaroy tumanidagi 25-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabi va Olmazor tumani 106-ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

28201

270089