Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan o’tkazilgan tadbir to’g’risida
2014 yil 13 yanvar kuni institut faollar zalida 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantiraylik” shiori ostida bayram tadbiri o’tkazildi.
Bayram tadbirida “Harbiy va fuqaro muhofazasi” kafedrasining ofitserlari, faxriy ofitserlar va 4-5 kurs talabalari ishtirok etdi.
Bayram tadbirida Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari prorektori dotsent, M.A.Axmedova hamda Harbiy va fuqaro muhofazasi kafedrasi boshlig’i vazifasini bajaruvchi, tibbiy-xizmat podpolkovnigi, I.K.Shavqiev, iste’fodagi tibbiy xizmat polkovnigi A.T.Qayumovlar so’zga chiqib, barcha harbiylarni bayram bilan tabriklab, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar to’g’risidagi fikrlarini bayon etdi.
Bayram munosabati bilan Harbiy va fuqaro muhofazasi kafedrasi ofitserlariga institut xodimlar kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.
Bayram tadbiri so’nggida ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlarida faol ishtirok etadigan iqtidorli kursantlarga institutning qimmatbaho sovg’a va faxriy yorliqlari topshirildi.