Siyosiy madaniyatni oshirish-davr talabi!
Siyosiy madaniyatni oshirish-davr talabi!
2014 yil 31 yanvar kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti talabalari o’rtasida O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining siyosiy sharhlovchisi Qobilbek Karimbekov bilan uchrashuv-muloqot o’tkazildi.
Uchrashuv-muloqotda “Ommaviy madaniyat”ning yoshlarga salbiy ta’siri va “O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatida tutgan o’rni va nufuzi” kabi mavzular bo’yicha ma’lumot berildi. Talaba-yoshlar tomonidan berilgan qiziqarli savollarga faktlar, hayotiy misollar bilan javob berib o’tildi.
Ushbu uchrashuv-muloqotda bildirilgan fikr va mulohazalar talaba-yoshlarning siyosiy madaniyati va faolligini oshishiga turtki bo’ladi.