Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirining 2018 yil 20 sentyabrdagi 795-sonli buyrug‘iga binoan, 2018 yil 4 oktyabr kuni ToshPTIda “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazining Yunusobod tumani bo‘limi rahbari A.Mahkamov hamda Yunusobod tumani “Yunusobod” jome masjidi imom xatibi S.Norqulovlar kun tartibidagi mavzu bo‘yicha talabalarga ma‘lumotlar berib o‘tdi. Tadbir so‘nggida “Ilmdan boshqa najot yo‘q” nomli videorolik namoyish etildi.
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad – yoshlar o‘trasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta‘minlash, yot ta‘sirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish, yoshlarni har tomonlama yetuk, yuksak ma‘naviyatli, intellektual salohiyatli, Vatanga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalash hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste‘dodli yoshlar safini kengaytirishdan iboratdir.