O’zbek Milliy akademik drama teatri 100 yoshda!
O’zbek Milliy akademik drama teatrining 100 yilligi munosabati bilan 2014 yil 4 mart kuni Toshkent davlat agrar universitetining Madaniyat saroyida teatr xodimlari, O’zbekiston xalq artisti To’ti Yusupova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Tohir Saidov, aktyor Hamid Toshpo’latov, aktyor Mirolim Qilichev va “Nihol” mukofoti sovrindori Saida Saidbekovalar bilan ijodiy uchrashuv o’tkazildi.
Uchrashuvda Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Toshkent farmatsevtika institutining rahbariyati, professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Talaba-yoshlar teatr aktyor va aktrisalariga o’zlarini qiziqtirgan savollarini taqdim etdi va javoblar olishdi.
Uchrashuv so’nggida teatr va teatr jamoasiga ushbu Oliy ta’lim muassasalarining esdalik sovg’alari taqdim etildi.
Ushbu uchrashuv tafsilotlari “Yoshlar” kanalining “Davr” informatsion dasturida namoyish etildi.