2018 yil 13 dekabr kuni Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor M.Axmedova, 1-pediatriya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari S.Begmanov, Tibbiy pedagogika va davolash ishi fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari A.Xudayberdievlar Yangiyo‘l tumanidagi 28-29-30-maktablari o‘quvchilari bilan uchrashuv-muloqot o‘tkazdilar.
Uchrashuvda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor M.A.Axmedova so‘zga chiqib, o‘quvchilarni kelajakda o‘zlari qiziqqan kasbga va mutaxassislikka qanday erishish mumkinligi haqida gapirdi. Jumladan shifokorlik kasbiga qiziqtirish, institutning tashkil topishi, faoliyati, erishgan yutuqlari, fakultetlar, institutda ko‘p yillar faoliyat ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilar, faxriy shifokorlar, iqtidorli talabalar, Davlat stipendiantlari haqida gapirib o‘tdi. Institutda amalga oshirilayotgan ishlar, o‘quv binosi hududida yangi qurilgan Simulyatsiya markazi, Axborot-resurs markazi va shu kabi yangiliklarni aytib o‘tishdi.
Institut faoliyati, qabul jarayonlari, fakultetlar, yangi o‘quv binolari, iqtidorli talabalar bilan tanishtiruvchi videorolik namoyish etildi. Tadbir so‘ngida o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga prorektor, dekan muovinlari tomonidan batafsil javob berildi.