Prezident 2019-yilga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nom berdi.
Shavkat Mirziyoyev juma kuni parlamentga an’anaviy murojaatida 2019-yilga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nom berishni taklif qildi.
U o‘z chiqishida kelgusida yilda 2018-yilda boshlangan loyiha va dasturlar davom ettirilishini ma’lum qildi.
“Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, faol investitsion siyosat olib boruvchi mamlakatlar rivojlanishda yuqori muvaffaqiyatlarga erishmoqda”, - dedi davlat rahbari.
U investitsiyalarni iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi, boshqa sohalar va mamlakat hududlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi, yangi texnologiyalar va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qiluvchi kuch deb atadi.
Investitsiyalarning so‘nggi maqsadi - O‘zbekistonda yashovchi har bir insonning hayot darajasini oshirishdan iborat, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Asosiy ustuvor vazifalar- ijtimoiy sohani rivojlantirish, yoshlarni munosib ta’lim bilan ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, dedi u. “Agarda biz tinchlik va sog‘liqni ta’minlay olsak - qolgan barchasiga erishamiz”, - deya ta’kidladi Prezident.