Giyohvandlikka qarshi kurashish – davr talabi!

Giyohvandlikka qarshi kurashish – davr talabi!

2014 yil 11 mart kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti talaba-yoshlari o’rtasida “Giyohvandlikka qarshi kurashish – davr talabi”! mavzusida uchrashuv-muloqot o’tkazildi.

1

Uchrashuv-muloqotda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotiklar nazorati bo’yicha milliy axborot-tahlil markazi, O’zbekiston Respublikasi MXX va Toshkent shahar Narkologiya dispanseri xodimlari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

3

Talaba-yoshlarga giyohvand moddalarning ijtimoiy-salbiy jihatlarini aks ettiruvchi “Qabohat” nomli videofilm namoyish etildi. Uchrashuv-muloqotda 200 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassisilar tomonidan hayotiy misol va faktlar asosida javob berildi.

2