Innovatsion ishlanmalar tanlovi topshiriqlari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, Prezidentning respublika hududlariga tashriflari, ma`ruza va nutqlarida belgilangan vazifalar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va yig'ilish bayonnomalari topshiriqlari hamda davlat, xo`jalik boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari taklif va tavsiyalaridan kelib chiqib, respublika iqtisodiyoti tarmoq va sohalarini innovatsion rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari va vazifalari asosida shakllantirilgan.
Taqdim etilgan innovatsion loyihalar www.fan-portal.uz veb-sahifa orqali elektron ro`yxatdan o`tkazilishi shart. Эlektron ro`yxatdan o`tmagan, tanlov mavzusidan tashqari mavzularda tayyorlangan tanlovga qabul qilinmaydi.
Qog'oz shaklda taqdim etilgan loyihalar faqat ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy ishlar va innovatsiyalaр bo`yicha direktor o`rinbosarlari, oliy ta`lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yichа prorektorlari tomonidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari imzolagan yo`llanma xati asosida qabul qilinadi.
Loyiha matni A4 formatdagi standart qog'oz varag'ining ikki tomonida joylashishi va qoida tariqasida 1,15 qator oralig'ida yozilishi lozim. Har bir bet yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; o`ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1,27 sm ga teng va bir xilda bo`lishi lozim.
Matnni komp'yuter vositasida bosib chiqarishda «Times New Roman» 12 o`lchamli shriftda «Misrosoft Word» matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Betlar titul' varag'idan boshlab oxirgi varaqqacha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi. Betning tartib raqami varaqning pastki o`ng burchagida 2 raqamidan boshlab yoziladi. Titul' varag'iga 1 raqami qo`yilmaydi.
Loyiha har bir talab qilingan hujjati va boshqa tarkibiy qismlari yangi betdan rasmiylashtiriladi.
Loyiha rahbari va ishtirokchilarining mezonlarda talab qilingan ilmiy ishlar ro`yxati (oxirgi 3 yil davomidagi nashrlar quyidagi xronologik tartibda keltirilib, izchil ketma-ketlikda raqamlanadi: monografiya; patent; ilmiy maqola; ilmiy to`plamlar va boshqa nashr ishlari) 3.4-shaklga qat`iy rioya qilingan holda rasmiylashtiriladi va muallif, ilmiy kotib tomonidan imzolanadi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi.
Эlektron ro`yxatdan o`tkazilgan innovatsion loyihalar 2019 yilning 1 martiga qadar shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha vazirlik binosida qabul qilinadi.
Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat`iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko`chirmachilikka (plagiat) yo`l qo`yilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi bo`yicha dastlabki texnik ekspertizadan o`tkaziladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalari ular yakunlanganidan so`ng to`liq tijoratlashtirilishi shart.
Taqdim etiladigan loyihalarga tegishli vazirliklardan loyiha mavzusi, uning bajarilishi va undan kutilayotgan natijalar O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining tarmoq va sog'alarini rivojlantirish uchun zarurligi ta`kidlangan hamda tashkilot Ilmiy (ilmiy-texnik) kengashlari tomonidan tavsiya etilganligi haqidagi qaroridan ko`chirma ilova qilinishi lozim.
Tanlov o`tkazilishining ob`ektivligi, adolatliligi va shaffofligini ta`minlash maqsadida loyihalarni qabul qilish, ekspertizasini amalga oshirish, maxsus belgilangan xonalarda videokuzatuv vositalari (kameralar) orqali yozib olinadi.
Taqdim etilgan loyihalardagi ma`lumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi hamda tanlov g'oliblari tomonidan ilmiy-texnik loyihalarning natijadorligi, tijoratlashtirish darajasi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to`la va o`z vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha rahbarlari, ilmiy loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari va tegishli yuqori tashkilotlar mas`ul xodimlari javobgar hisoblanadilar.
Belgilangan muddatda fan yo`nalishlari bo`yicha elektron va qog'oz shakllarda taqdim etilmagan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi. Tanlovga bitta loyiha kelib tushgan taqdirda tanlov o`tkazilmaydi.
Ma`lumot uchun tel.: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo`limi (onlayn ro`yxatdan o`tish bo`yicha): 256 34 37.
Qo`shimcha ma`lumot uchun tel.: 203 32 32