2019-2020 yillar uchun amaliy ilmiy-texnik va innovatsion ishlanmalar tanlovi

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligi Davlat ilmiy va ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2019-2020 yillar uchun amaliy ilmiy-texnik va innovatsion ishlanmalar tanlovini e'lon qiladi.

Amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar, dolzarb amaliy tadqiqotlar raqobatbardosh vazifalari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, Prezidentning respublika hududlaridagi tashriflari davomida belgilangan ma'ruza va nutqlari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va protokol topshiriqlari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining takliflari va tavsiyalari,  iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida ustuvor yo'nalishlari va innovatsion rivojlantirish vazifalari asosida shakllanadi.

Tanlov mavzusi, tartibi va talablari bilan Vazirlikning rasmiy veb-sayti www.mininnovation.uz da tanishish mumkin.