2012-2014 yy ilmiy loyihalari


Dolzarb ilmiy loyihalar

 2012 yildan boshlab hozirgi kungacha ToshPTI va uning Nukus shahri filialida Fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga muvofiq tibbiy fan va texnikasining muhim ilmiy va texnologik masalalarini yechishga qaratilgan 15 ta fundamental (1), amaliy tadqiqotlar (13) va innovatsion ishlar (1) bo’yicha ilmiy-texnik dasturlar borasida ilmiy-tadqiqot ishlar bajarilmoqda.

 Izlanishlarning asosiy yo'nalishlari:

Asosiy dolzarb ilmiy yo'nalishlar O’zbekistondagi fan va texnologiyalar rivojlanishining asosiy dolzarb yo'nalishlariga mos kelmoqda va quyidagi vazifalarni yechishga yo'naltirilgan:

  • Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda, go'dak va o'spirin bolalarda o'pka va havo o'tkazish yo'llari kasalliklarining erta tashxisini ishlab chiqish;
  • Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda, go'dak va o'spirin bolalarda yurak qon tomir tizimi kasalliklarining yangi davolash usullarini ishlab chiqish;
  • Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda, go'dak va o'spirin bolalarda jigar va o't yo'llari tug'ma kasalliklarida yangi davolash usullarini ishlab chiqish;
  • Oshqozon ichak trakti kasalliklarida davolash uchun yangi, mahalliy farmakologik dori-darmonlarni yaratish, ularni eksperimental tajriba yo'llari bilan chet el dorilaridan ustunligini isbotlash va klinik tekshiruvga yetkazib berish, ularning iqtisodiy samaradorligini isbotlash;
  • Maktabgacha bolalar muassasalarida va maktab o'quvchilarida sanitar-gigiyenik meyyoriy ko'rsatkichlarni ishlab chiqish, meyyoriy ko'rsatkichlarni ushbu muassasalarda tekshirib, oziqlanish ko'rsatkichlarini ishlab chiqish, ovqat tarkibida mikronutrientlar miqdorini o'rganish;
  • Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda, go'dak va o'spirin bolalarda hayot sifatini yaxshilash tadbirlarni ishlab chiqish.

     

    deti 1   deti 2   deti 3          images