Innovatsion loyihalar

2012-2013 yillarga mo’ljallangan innovatsion loyiha ISS 2012-6-27

«Lotin grafikasida Gistologiya darsligini yaratish va O’zbekiston tibbiyoti taraqqiyotida mahalliy olimlarning ilmiy-amaliy salohiyati»

Loyiha raxbari: t.f.d., professor E.A. Tursunov

Tursunov

Loyiha ikki qismdan iborat:

1 qismi – darsliklar va qo’llanmalar yozish:

1. “Tsitologiya, embriologiya va umumiy gistologiya” nomli qo’llanma o’zbek va rus tillarida tibbiyot institutlari birinchi kurslari uchun yozildi va O’zSSV Tibbiy ta’limni rivojlantirish markaziga topshirildi, hajmi 300-335 bet.

2. “Xususiy gistologiya” nomli qo’llanma tibbiyot institutlari 1 va 2 kurs talabalari uchun o’zbek va rus tillarida yozildi va O’zSSV Tibbiy ta’limni rivojlantirish markaziga topshirildi, hajmi 310-320 bet.

2 qismi - mashxur olimlarimizning ilmiy-amaliy salohiyati bo’yichа:

1. Mashxur 75 ta(marhum) olimlarimizga bag’ishlanagan “Tibbiyotimizning barhayot siymolari”, 324 betda yozilgan va chop etilgan (2012 y.).

2. Hozirda hayot 75 ta mashxur olimlarimizga bag’ishlangan “Tibbiyottimizning yorqin siymolar” kitobi yozildi (2013 y.) va SSVga topshirildi.

Bulardan tashqari 10 dan ortiq maqola, tezis, qo’llanmalar chop etilgan, 3 marta Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruzalar qilingan.