Bo’linma faoliyati
Bo’limning asosiy maqsadlari:
- Tibbiyot fani, texnika va ta’lim rivojlanishining ustuvor yo’nalishlariga muvofiq grant dasturlari bo’yicha institutning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va monitoringini o’tkazish;
- Grant dasturlari bo’yicha Institutning professor-o’qituvchilari, ilmiy hodimlari va ilmiy bo’linmalarining ilmiy-texnik potentsialini rivojlanishi va amalga oshirilishi uchun kerakli sharoitlarni yaratib berish;
- Mahalliy va chet el ilmiy muassasalari bilan ilmiy-texnik hamkorlikni kuchaytirish;
- Fanda erishilgan natijalarni sog’liqni saqlash amaliyotiga tadbiq etish choralarini tashkillashtirish;
- Institutning birlashgan o’quv-ilmiy-innovatsion kompleks sifatida rivojlanishiga olib keluvchi ilmiy loyihalar konkurslari, ilmiy, ilmiy-texnik, innovatsion dasturlarda ishtirok etish orqali ilmiy-pedagogik kadrlarni ilmiy-tadqiqot ishlarga faol jalb qilish;
- Bajarilayotgan ilmiy loyihalar bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarga ilmga layoqatli va iste’dodli talabalar, magistrlar va yosh mutaxassislarni jalb qilish.
Bo’limning asosiy vazifalari:
Qo’yilgan maqsadlarga muvofiq Bo’lim quyidagi vazifalarni bajaradi:
- Institutning ilmiy faoliyatini grant dasturlari bo’yicha kafedralar, boshqa bo’lim va bo’linmalar bilan birga amalga oshirilishini tashkillashtirish;
- Ilmiy faoliyatning ustuvor yo’nalishlariga muvofiq grant dasturlari bo’yicha bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarni normativ-huquqiy va tashkiliy-texnik ta’minlash;
- Fundamental, izlanish va amaliy ilmiy ishlarni bajarish uchun Davlat grantlari va xo’jalik shartnomalari bo’yicha hujjatlarni rasmiylashtirish bo’yicha uslubiy tavsiyalar berish;
- Grant ilmiy loyihalari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarning kelgusi yilga rejalarini tuzish;
- Ilmiy loyihalar bo’yicha hujjatlarni yuritish va ilmiy-tadqiqot ishlarni o’z vaqtida bajarilishini nazorat qilish;
- Davlat fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar, ilmiy-texnik dasturlar bo’yicha tadqiqot ishlarini bajarilishini doimiy monitoringini o’tkazish, ular asosida hisobotlarni tayyorlash;
- Professor-o’qituvchilar va ilmiy hodimlarning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish jarayonida qatnashish va nazorat qilish;
- Institut olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini chop etishda, monografiyalarni nashr qilishda, patent, guvohnomalarni olishda muvofiqlashtirish;
- Institut professor-o’qituvchilari, ilmiy hodimlari va yosh olimlariga ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini institut, respublika, xalqaro nashrlarda hamda impakt-faktorli jurnallarda chop etishda ko’maklashish va har tomonlama yordam berish;
- Grant ilmiy loyihalar bo’yicha institutning Koordinatsion Kengashi yig’ilishlari va ishlarini tashkillashtirish;
- Institutning ilmiy faoliyatiga tegishli masalalarni ko’radigan Ilmiy Kengash yig’ilishlarida qatnashish;
- Ilmiy-tadqiqot loyihalar bo’yicha ilmiy hodimlarni mahalliy va xalqaro ko’rgazmalar, yarmarkalalar, ilmiy konferentsiyalar, forumlar, simpoziumlar, ilmiy seminarlarda ishtirokini ta’minlash;
- Grant dasturlari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlar va ilmiy loyihalar bo’yicha kelayotgan ma’lumotlar, buyruqlar, qarorlar, modemogrammalar va boshqa e’lonlarni institutning barcha bo’lim va bo’linmalariga yetkazish;
- Grant dasturlari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlar va ilmiy loyihalar ishlarining natijalari bo’yicha institut rahbariyati va Ilmiy Kengashga hamda yuqoridagi tashkilotlarga analitik materiallar va hisobotlarni tayyorlash;
- Institutning grant dasturlari bo’yicha ilmiy-tadqiqot faoliyati masalalariga tegishli buyruqlar, nizomlar va farmoyyishlar loyihalarini tayyorlashda qatnashish.