Xorijiy fuqarolar xujjatlarini qabul qilish muddatlarini uzaytirilganligi xaqida

XAB Admission Extended

TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI

Tel.: +998 71 262-34-03 Faks: +998 71 262-33-14

Xorijiy abituriyentlar uchun

MA’LUMOTNOMA

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti xorijiy fuqarolarni o'qishga taklif qiladi.

2018/2019 o'quv yili uchun xorijiy fuqarolar uchun bakalavriatga talabnomalar 2018 yil 20-avgustgacha qabul qilinadi.

ToshPTI bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish test sinovlarisiz, suhbat natijalari bo’yicha va reyting tizimi asosida to’plangan ballarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. ToshPTI bakalavriatida o’qish uchun hujjatlarni topshirgan xorijiy fuqarolar ularning ta’lim yo’nalishi bo’yicha bilim darajasini, kasbiy moyilligi va motivatsiyasini, umumiy intellektual va ma'naviy-axloqiy darajasini aniqlash uchun suhbatdan o’tadilar. Talabalarning o'qishi chet el fuqarolari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi va rus va o'zbek tillarida olib boriladi. Talabalarning o'qishi xorij fuqarolari uchun qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan to’lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi va rus va o'zbek tillarida olib boriladi.

Bugungi kunda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti (ToshPTI) O'zbekiston Respublikasida «Pediatriya ishi» yo’nalishi bo’yicha asosiy oliy ta'lim muassasasi maqomiga ega va nafaqat respublikada, balki O’rta va Markaziy Osiyodagi eng nufuzli muassasalardan biri hisoblanadi. Talabalarning o’quv jarayonlari ToshPTIning asosiy binosida, ToshPTI klinikasida, shuningdek yetakchi ilmiy va amaliy tibbiyot markazlarida, ko'p tarmoqli klinikalar va poliklinikalarda joylashgan klinik bazalarda bo’lib o’tadi. ToshPTIda bakalavrlar va magistrlarni tayyorlash kunduzgi ta’lim asosida amalga oshiriladi. Institutda 4 ta fakultet mavjud: Pediatriya, Davolash, Tibbiy-pedagogika, Tibbiy-biologiya va Oliy Hamshiralik bo'limi. Institut haqida batafsil ma'lumot olish uchun http://www.tashpmi.uz/ saytiga tashrif buyuring.

Bakalavriat dasturiga qabul qilish uchun zarur bo'lgan hujjatlarning minimal to'plami:

• Rektor nomiga ariza;

• Pasport nusxasi;

• Tarjimai hol (CV);

• Notarius tomonidan tasdiqlangan attestat (rus yoki o'zbek tilida);

• 086U shakldagi tibbiy ma’lumotnoma yoki umumiy sog'liqni saqlash ng sert-ri;

• O'zbekiston Respublikasi OITS markazidan tibbiy ma'lumotnoma.

• 503-shakl yoki yashash joyidan ma’lumotnomaga teng bo’lgan hujjat;

• 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 ta fotosurat.

Shuningdek, hujjatlarni elektron shaklda (PDF) interdep@tashpmi.uz  elektron manziliga yuborish mumkin.

Yoki 20 avgustiga qadar bo’lgn muddatgacha xorijiy abituriyentlar hujjatlarni asl nusxasini qabul komissiyasiga shaxsan taqdim etishlari va suhbatdan o’tishlari lozim.