ToshPTIda «Talabalar bahori - 2018»
«Talabalar bahori – 2018» festivali davomida ToshPTIda 2018 yil 26 aprelda kuni fakultetlararo «Quvnoqlar va zukkolar» ko’rik tanlovining navbatdagi 2017-2018 o'quv yilgi mavsumi bo'lib o'tadi.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 5 mln so‘mdan beriladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 aprel kuni «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.
“Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!”
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 23.03.2018 yildagi 87-02-698-sonli xatiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi hamkorligida 2018 yil 18 aprel kuni ToshPTI talaba-yoshlari o‘rtasida diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlariga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
“Pediatr” talabalar teatr studiyasi jamoasi...!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirining 2018 yil 17 fevraldagi “Oliy ta‘lim muassasalarida “Talabalar teatr studiyalari” festivalini o‘tkazish to‘grisida”gi 160-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta‘minlash maqsadida “Pediatr” talabalar teatr studiyasi jamoasi shakllantirildi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti umumta’lim maktablari bilan memorandum imzoladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining qo’shma qaroriga binoan, 2018 yil 13 aprel kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Toshkent shahridagi bir qator umumta’lim maktablari bilan hamkorlik to’g’risidagi memorandum imzolashdi.




