Kurs haqida

1972   o’quv yilida institut qoshida “Anorganik va analitik kimyo”   va “Organik kimyo” kafedralari  tashkil etildi. “Anorganik va analitik kimyo”   kafedrasi mudiri (1972-1974y.y.) k.x.n. Yuldashev Arip Yuldashevich,  “Organik kimyo” kafedrasida k.x.d. Tulyaganov S.R. (1972-1990y.y.) mudir sifatida ishladilar. 1990 yilda bu ikki kafedra birlashtirilib “Umumiy va bioorganik kimyo”  kafedrasi nomi bilan yuritila boshladi va Hakimov Xodi Xakimovich kafedra mudiri qilib tayinlandi. 1997 -1998 yillarda professor Akbarov Abdurafiq Bahromovich kafedraga mudir bo’ldi.   2002 - 2005 yillarda esa kafedra mudiri lavozimiga dotsent Alimxodjaeva N.T. ishladi. 2005 yil “Umumiy va bioorganik kimyo” kafedrasi “Bioximiya” kafedrasi bilan birlashib “Biologik, bioanorganik  va bioorganik kimyo ” kafedrasi deb nomlandi va kafedra mudiri akademik  Saatov T.S. tayinlandi. Yuldashev N.M.2009 dan xozirgi kungacha.

Kafedra mudirlari

1. Yuldashev A.Yu. - 1972 - 1974 y

2. Xakimov X.X.  - 1974 - 1997 y

3. Tulaganov S.R. - 1972 - 1990 y

4. Akbarov A.A. - 1997 - 1998 y

5. Sultanov R.G. - 1998 - 2002 y

6. Alimxodjaeva N. T. 2002 – 2005 y

7. Soatov T.S. 2005 – 2009 y

7. Yuldashev N.M.2009 va xozirgi kunda  

      

Xozirda Biologik kimyo, Tibbiy kimyo va Tibbiy biologiya kafedralari birlashtirildi va kafedra nomi:Tibbiy va biologik kimyo,  tibbiy biologiya, umumiy genetika.

 

Alimxodjaeva Nazira Tillaxodjaevna 1948 yil tug’ilgan.,   o’zbek,   k.f.n. dotsent. ToshDUni 1971 y. imtiyozli tugatgan. 1975 -  1996 yillarda  ToshPMI anorganik kimyo kafedrasi assistenti. 1993 – 1999 yillarda 1 Pediatriya fakulteti  Ilmiy kengashining ilmiy kotibi bulib faoliyat ko’rsatgan. 1996 -2002 yillarda “Umumiy va bioorganik kimyo”  kafedrasi dotsenti, 2002-2005 yillar “Umumiy va bioorganik kimyo” kafedrasi mudiri, xozirgi kunda “Biologik, bioanorganik  va bioorganik kimyo ” kafedrasida “ Bioanorganik  va bioorganik kimyo ”  fani buyicha mas’ul. Nomzodlik dissertatsiyasini “Ba’zi 3d qator metallarni ba’zi bir aminokislotalar va kislota amidlari   bilan kompleks birikmalarini sintezi va tekshirish” mavzusida 1982   yilda himoya qilgan.  Alimxodjaeva N.T. 300 dan ortiq ilmiy maqola chop etgan va qator o’quv uslubiy ishlar muallifi. Bular qatoriga 3ta yaratilganlik uchun mualliflik guvoxnomalari, 2 darslik, 2 ta o’quv qo’llanma va 11 ta o’quv uslubiy qo’llanma kiradi.  ALIMXODJAEVA NAZIRA TILLAXODJAEVNA. ipg

 

2009 yildan shu kunga qadar professor Yuldashev Nosir Muxmedjanovich kafedra mudiri vazifasini bajarib kelmoqda. Kafedra qoshida “Bioanorganik  va bioorganik kimyo” kursi tashkil etilib, dotsent  Alimxodjaeva N.T. fan bo’yicha mas’ul etib tayinlandi. YULDASHEV N.M.jpg

 

 Kafedrada xodimlari ilmiy izlanish ishlari bilan uzluksiz shug’ullanib, 2009 yilda acc. Culaymanova G.G., 2012 yilda acc. Ikramova Z.A. kandidatlik dissertatsiyasini himoya qildilar. Kafedramizda bioanorganik  va bioorganik kimyo fanlaridan 3 ta darslik va 20 dan ortiq  o’quv-uslubiy qo’llanmalarni chop etilgan.  

2014 yilda Bioorganik kimyo va Биоорганическая химия nomli darsliklar chop etildi.

 

2017 yil dekabr oyida Tibbiy kimyo darsligining 1- 2qismi chop etildi.

 

Avtorlar: Alimxodjayeva N.T., Ikramova Z.A., Sulaymanova G.G., Tadjiyeva X.T.