Kafedra tarixi

Kafedra tarixi

      Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining Tibbiy biologiya va genetika kafedrasi 1972 yilda tashkil etilgan. Kafedraning birinchi mudiri professor Oqilov Ataullo Turahonovich bo‘lgan. 1989 yildan 2007 yilgacha kafedraga professor Nishonboyev Kurash Nishonboyevich rahbarlik qildi. Кafedraga 2007-2009 yillarda dotsent Shertaev Muxammadamin Mamadjanovich rahbarlik qilgan. 2009-2012 yillarda kafedra “Tibbiy biologiya, genetika, mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya” deb nomlandi va unga М.М. Shertaev mudirlik qildi. 2012 yilda kafedra yana “Tibbiy biologiya va genetika” deb nomlana boshlandi va unga Shertaev M.M mudirlik qilmoqda. Kafedrada ishlab ketgan xodimlar:   Xamraeva F.A.- dotsent, X.Q.Muhammadjanova - assistent , L.M. Zaremskaya  – ass., М.А. Nishanbaeva - dotsent, О.E. Eshankulov-professor, К.К. Boboniyazov - katta o'qituvchi, А.С. Usmanova (b.f.n.)–аss., G.Sh. Shoabduraxmanova (b.f.n.)– kat. o'qit., I.R. Rustemov – каt. o'qit., U.A. Nabiev (b.f.n.)– аss., Т.М. Saidov (b.f.n.)- аss., А.Х. daminov – аss., К.N. Normatov (b.f.n.)–асс., S.N. Jumashev(b.f.n.)-каt. o'qit., С.Jakipova-аss., G.B. Оchilov (b.f.n.)– аss., D. Тoxirova (b.f.n.) – аss., А.Т.Do'stmatov – dotsent, I.Х.Umarxodjaeva (b.f.n.) – каt. o'qit., Е.М. Urmich-dotsent, М.J. Muhammedova (b.f.n.)– аss., Z.Chorieva- аss.

 

okilov

        Oqilov Ataullo Turahonovich (1929-1989) t.f.d., professor, 1953 yilda ToshMIni tugatgan. 1953-1972 yillarda ToshMI odam anatomiyasi va biologiya kafedrasida assistent, dotsent lavozimlarida ishlagan. 1972-1989 yillarda ToshPMI tibbiy biologiya va genetika kafedrasida mudirlik qilgan. 1963 yilda “Qalqonsimon bezining qon tomirlar bilan ta’minlanishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1971 yilda “Umurtqalilarning qon hosil qiluvchi a’zolari va qon tarkibi rivojlanishi filogenezi” mavzusida  doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan, 2 ta fan doktori vа 6 ta fan nomzodi tayyorlagan, 130 dan ortiq ilmiy maqola, 3 ta monografiya va 2ta talabalar uchun darslik muallifi. O‘zbekiston tibbiy irsiyatshunosliklar jamiyati boshqarmasining a’zosi. “YUNESKO” programmasi bo‘yicha Inson va biosfera” jumhuriyat milliy qo‘mitasining a’zosi, “Fan va turmush” jurnalining redkollegiya a’zosi. “Salomatlik” ommabop qomusining ma’sul muhariri, “Pediatriya” gazetasining birinchi tashkilotchilaridan va redaktor lavozimlarida ishlagan. "Mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun”, “Sharafli mehnati uchun”, “mehnat fahriysi” medallari; “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” nishoni bilan mukofotlangan.  

Niwanbaev

 

      Nishonboyev Kurash Nishonboevich (1942-2010)  b.f.d., professor 1967 yilda ToshMIni tugatgan, 1967-1975 yilarda ToshMI biologiya kafedrasi aspiranti, assistenti, katta o‘qituvchisi, dotsenti lavozimlarida ishlagan. 1975-1989 yillarda UzFA Bioximiya Institutida katta ilmiy hodim, laborotoriya mudiri, 1989-2007 yillarda ToshPMI tibbiy biologiya va genetika kafedrasida mudirlik qilgan. Nomzodlik dissertatsiyasini 1972 yilda “Umurtqali hayvonlarda periferik qon leykositlarining radiatsiya tasiridagi ultrastrukturasi va sitohimiyasi” mavzusida; 1982 yilda “Umurtqalilarda qon hosil qiluvchi sistemasining sitofunksional harakteristikasi” mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qildi. U 225 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi, uning raxbarligida 4ta fan doktori va 10ta fan nomzodlari tayorlangan. К.N.Nishonboyev 1989-1992 yillarda Institut Murabbiylar kengashi raisi, 1993-1998 yillarda Institut tibbiy biologik fanlar  Uslubiy Kengashi a’zosi, 1999 yildan 2002 yilgacha Tibbiy– biologik fanlar o‘quv-ilmiy muammolari kommisiyasi raisi, O‘zbekiston oliy attestatsiyasining tibbiy–biologik fanlari bo‘yicha ekspert kengashining ilmiy kotibi, ОАК biologiya fanlari bo‘yicha ekspert kengashi raisi muovini bo‘lib ishlagan.    

Wertaev

         Shertaev Muxammadamin Mamedjanovich  SаmDUning biologiya fakultetini tugatgan. 1981-1989 yillardaUzFAning “Bioximiya” ilmiy tekshirish institutida faoliyat ko‘rsatgan. 1989 yilda akademik Т.S.Saatov rahbarligida “Xavfli o‘sma o‘sishida immunitetga moyil a’zolardagi lipidlar tarkibi va funksiyasining axamiyati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1989 yildan boshlab ТоshPТI tibbiy biologiya va genetika kafedrasida ishlay boshladi.

         М.М.Shertaev 1994-1996 yillarda ТоshPТI test markazida ekspert, 1996-1997 yillarda ma’naviyat va ma’rifat bo‘limida uslubchi, 1998-2007 yillarda Pediatriya fakulteti dekan muovini lavozimlarida ishladi. 2007 yildan boshlab kafedraga mudirlik qilmoqda. Uning 100 dan ortiq ilmiy maqolalari va o‘quv-uslubiy ishlari mavjud. Хоzirda u “Transformatsiya jarayonida immunitetga moyil xujayralarning funksional aktivligi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi  ustida ishlamoqda.