Chet el mutaxassislari ishtirokida seminar

2019 yil 15 mart kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti Tibbiy radiologiya kafedrasida Astana shahri Jarrohlik Milliy Markazi Kateterizatsiya Laboratoriyasi bo’limi boshlig’i Musayev Abdurashid Abduganiyevich ishtirokida Fillips kompaniyasi hamkorligida “Tomirlarni MSKT kateterizatsiyasi” mavzusida seminar tashkil etildi.

A.A. Musayev 2007-2009 yillarda “Bolashak” nomli Prezident dasturiga ko’ra  Moskva shahridagi A.N. Bakulev nomidagi Yurak Qon Tomir Jarrohligi Milliy Markazida “Yurak qon tomir jarrohi” mutaxassisligi bo’yicha klinik ordinaturani tamomlagan. Germaniya, Shveytsariya, Fransiya, Avstriya va boshqa davlatlarda tug’ma va orttirilgan yurak nuqsonlarini davolashda intervension usullarni qo’llash bo’yicha malaka oshirgan. Hozirgi kunda malakali intervenison radiologlardan biri hisoblanadi.

text ichiga Musayev