Talabalarga
Ma’ruza mashg‘ulotlari 1.Pediatriyada zamonaviy nur tekshiruvlari. Nur diagnostikasining zamonavny usullari haqida tushuncha va ularni pediatriyada qo‘llash. Bolalarda yangi texnologiyalarni - an’naviy rentgenologik, ultratovush tashxisi, kompyuter tomografiyasi, magnit-rezonans tomografiyasi va radionuklid diagnostikasini qo‘llashning imkoniyatlari va istiqbollari. 2.Nafas a’zolari kasalliklarining kompleks nur diagnostikasi. Nafas a’zolari kasalliklarini aniqlashda nur tekshiruvlarini kullash. Nafas a’zolari kasalliklaridan zotiljam, sil va o‘sma jarayonlarida nur tashxisi. 3.Gepatobiliar tizim kasalliklarining kompleks nur diagnostikasi. Tekshirish usullari va uslublari. Gepatobiliar tizimining ultratovush anatomiyasi. Jigardagi diffuz uzgarishlar (o‘tkir va surunkali gepatit,ssirroz). Jigardagi o‘chokli o‘zgarishlar (kistalar, gemongiomalar, xavfli usmalar). 4.Siydik ayiruv tizimi kasalliklarining kompleks nur diagnostikasi. Siydik ayiruv tizimi kasalliklarini aniqlashda nur tekshiruvlarini kullash. Siydik ayiruv tizimi yallig‘lanish, jarohatlanish va o‘sma kasalliklarida nur tashxisi(rentgenologik, ultratovush, KT, MRT, radionuklid tekshiruvlar). 5.Reproduktiv tizim a’zolari kasalliklarining nur tashhisi. Bachadon va tuxumdonlarning nur anatomiyasi va patologiyasi. Antenatal diagnostika. Amaliy mashg‘ulotlar 1Rentgendiagnostika asoslari. Rentgen nurlarining xossalari. Nurga qarshi choralar. Ultratovushning fizik va biologik asoslari. 2 Suyak va bo‘g‘imlarni nur tashxisi. Suyak va bo‘g‘imlarning nur anatomiyasi. Sinishning xususiyatlari. Suyak va bo‘g‘imlar kasalliklarining nur semiotikasi. Suyak va bo‘g‘imlarning yallig‘lanish kasalliklari rentgendiagnostikasi: osteomielit, suyak sili. Raxit. Son suyagi boshchasining tug‘ma chiqishi. Suyakning havfsiz va havfli o‘smalari. 3 Miya kutisi va umurtka poganasi kasalliklarining kompleks nur diagnostikasi. Neyrovizualizatsiya usullari. Miya kutisi va umurtka poganasi kasalliklarini aniqlashda rentgenologik, ultratovush, KT, MRT va radionuklid tekshiruvlarining roli va o‘rni. Miya kutisi va umurtka poganasining tug‘ma, yallig‘lanish, jarohatlanish va o‘sma kasalliklarida qo‘llash imkoniyatlari. 4 Nafas a’zolari kasalliklarining nur diagnostikasi. Nafas a’zolarini rentgenologik tekshirish usullari. Nafas a’zolarining nur anatomiyasi. Traxeya va bronxlardagi yot jismlar rentgendiagnostikasi. Nafas a’zolari kasalliklarining rentgensemiotikasi. O‘pkaning yallig‘lanish va yiringli kasalliklari rentgendiagnostikasi: o‘tkir va surunkali zotiljam. O‘pka abssessi. O‘pka sili. Plevritlar.O‘pka kistalarining rentgendiagnostikasi. O‘pkaning havfsiz, havfli va metastatik o‘smalari. 5 Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining nur diagnostikasi. Yurak va yirik qon tomirlarni rentgenologik tekshirish usullari. Standart vaziyatlardagi Yurak rentgenogrammalarining tahlili. Kardiometriya. Yurakning tug‘ma va orttirilgan nuqsonlari rentgendiagnostikasi. Miokardit va perikarditlar. 6 Hazm tizimi kasalliklarining nur diagnostikasi. Hazm a’zolarini rentgenologik tekshirish. Bolalarda oshqozon-ichak tizimini rentgenologik tekshirish usullari. Qizilo‘ngach, oshqozon, ichak va o‘t yo‘llarining rentgenanatomiyasi. Qizilo‘ngach va oshqozon kasalliklari rentgendiagnostikasi. Qizilo‘ngach atreziyasi, axalaziyasi, divertikullari, havfsiz va havfli o‘smalari rentgendiagnostikasi. Oshqozon yara kasalligi, oshqozonning havfsiz va havfli o‘smalari rentgendiagnostikasi. 7 Gepatobiliar tizim kasalliklarining nur diagnostikasi. Bolalarda jigarni ultratovush tekshirish. O‘t qopi va o‘t yo‘llarini ultratovush tekshirish. Bolalarda jigarning ultratovush anatomiyasi va patologiyasi. O‘tkir virusli gepatitlar va ularning natijalari. Jigarning o‘choqli o‘zgarishlari. O‘t qopi va o‘t yo‘llarining ultratovush anatomiyasi va patologiyasi. O‘t qopi va o‘t yo‘llarining anatomiya va distopiyalari. 8 Buyraklarni ultratovush tekshirish. Siydik qopini ultratovush tekshirish. Buyraklarning ultratovush anatomiyasi va patologiyasi. Buyraklarning o‘choqli va diffuz kasalliklari. Buyraklarning anomaliyalari va distopiyalari. Siydik qopining anomaliyalari. Oraliq baxolash 9 Siydik ayiruv a’zolarini rentgen tekshiruvlari.Siydik ayiruv yo‘llarining rentgenanatomiyasi. Siydik ayiruv a’zolarining tug‘ma nuqsonlari va rivojlanish anomaliyalari. Buyraklar va siydik qopining yallig‘lanish va yiringli kasalliklari rentgendiagnostikasi. Gidronefroz. Siydik tosh kasalligi. Buyraklar va siydik qopining havfsiz va havfli o‘smalari. 10 Endokrin bezlarni va reproduktiv tizim a’zolarini ultratovush tekshirish. Endokrin bezlarni va reproduktiv tizim a’zolarini ultratovush tekshirish texnologiyasi. Ayrisimon bezni ultratovush tekshirish texnologiyasi. Timomegaliya va timomaning ultratovush differensial diagnostikasi. 11 Radiologiya asoslari. Radionuklid tekshiruvlar. Qalqonsimon bez, jigar, o‘t yo‘llari va buyraklarni radionuklid tekshirish. Onkologiyada radionuklid tekshiruvlarning ahamiyati. 12 Nur terapiyasi. Nur terapiyasiga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Nur terapiyasini rejalashtirish va o‘tkazish. Nur terapiyasining asoratlari va ularning oldini olish choralari. Yakuniy baholash.

Navbatchilik protokoli