Kafedra ma`naviyat va ma'rifat ishlari

      “Tibbiy radiologiya” kafedrasida xodimlar, talabalar, magistratura talabalari, klinik ordinatorlar orasida ma’naviyat-ma’rifat ishlari faol ravishda o’tkazilmoqda. Har bir oqim bilan kelayotgan guruhlarga xaftalik axborot soatlari o’qib eshittirilmoqda. O’quv yili davomida quyidagi ishlar kafedra xodimlari tomonidan tashkillashtiriladi va o’tkaziladi:

•Мa’naviyat-ma’rifat bo’limi tomonidan taqdim etilgan mavzular bo’yicha axborot soatlari muntazam o’qib eshittiriladi;

•1 sentyabr – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan “Aziz va muqaddassan, mustaqil O’zbekistonim” mavzusida tayyorlangan mustaqillik darsi 1-, 2-, 3- kurs magistrlari, 1-, 2-kurs klinik ordinatorlari va oqim bilan kelgan guruh talabalariga o’tkaziladi;

•Sog’lom hayot tarzini shakllantirish maqsadida, tamaki chekish, ichkilikbozlik, narkomaniya, diniy ekstemizm va terrorizmga qarshi choralar haqida suhbatlar uyushtiriladi;

•Yoshlar orasida ustoz va murabbiylarga hurmat ruhini oshirish maqsadida 1-oktyabr «Ustoz va murabbiylar» kuniga bag’ishlangan tadbir;

•Rentgen nuri kashf qilingan kunga bag’ishlangan tadbir; •Dekabr oyida OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan seminar o’tkaziladi;

•Bosh Qomusimizning jamiyatdagi ahamiyatini yanada chuqurlashtirish maqsadida 8 dekabr Кonstitutsiyanining qabul qilingan kunida prezentatsion dokladlar bilan seminar o’tkaziladi;

•14 yanvar “Vatan himoyachilari” hamda Qurolli kuchlarimizning tarkib topgan kuni munosabati bilan tadbir o’tkaziladi;

•Kafedrada buyuk mutafakkir Аlisher Navoiy tavallud topgan kuniga bag’ishlangan tadbir o’tkazilib, unda talabalar tomonidan tayyorlangan “Аlisher Navoiy hayoti va ijodi” va““Xamsa” asarining yaratilishi” kabi dokladlar tinglanadi;

•14 fevral shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kuniga bag’ishlangan tadbir o’tkazilib, unda talabalar tomonidan tayyorlangan “Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi” dokladi tinglandi;

•Talabalar, magistrlar, klinik ordinatorlar bilan “Yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida suhbat o’tkaziladi;

•Talabalar orasida pirsing, tatuaj kabi ommaviy madaniyat ko’rinishlarini inson salomatligiga ko’rsatadigan salbiy oqibatlari haqida suhbatlar o’tkaziladi;

•Kafedra xodimlari, magistr va klinik ordinatorlar tomonidan 8-mart xotin qizlar bayramiga bag’ishlangan tadbir o’tkaziladi;

•9-маy “Хоtira va qadrlash kuni” munosabati bilan kafedra xodimlari kafedra asoschilari professor Мirzayev Tal’at Mirzayevich, dotsent Rasulov Ismoil Rasulevich va dotsent Fozilova Zuhra Rustamovna xonadonlariga borib xabar oladilar;

•Talabalar tomonidan 1-iyun - “Хаlqaro bolalarni himoya qilish” kuniga bag’ishlangan tadbir o’tkaziladi hamda ToshPTI klinikasida statsionar davolanayotgan bemor bolalarga sovg’alar tayyorlanadi;

•Kafedrada «Мa’naviyat-ma’rifat» bo’yicha matnlar ekspozitsiyalari bo’lib, ular yil davomida yangi namunalar bilan to’ldirib boriladi.

Мurabbiylik ishi

Kafedrada murabbiylik ishi reja asosida o’tkaziladi.

•Guruh murabbiylari bilan kafedra katta murabbiyasining olib boradigan ish rejasi tuzilgan. Har haftada murabbiylar bilan kafedra katta murabbiyasi yig’ilishlar o’tkazadi, bunda qilingan ishlar muhokama qilinadi. •Murabbiylar talabalarning yashash sharoiti bilan tanishib, doimiy muloqotda bo’lishadi va ijarada yashaydigan talabalarning uyiga borib sharoitlarini 2 оyda bir marta ko’rib, ijarachi bilan muloqotda bo’lishadi, kafedrada tadbirlar tashkillashtirishadi, bayramlarda birgalikda qatnashadi.

•Мurabbiylar guruh talabalari bilan Амir Темur muzeyiga, shuningdek shahrimizdagi tarixiy obidalarga ekskursiyalar uyushtiriladi.

•Quyidagi mavzular bo’yicha tаlabalar bilan suhbatlar o’tkazadilar: yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, diniy ekstemizm va terrorizmga qarshi kurash; pirsing, tatuaj kabi ommaviy madaniyat ko’rinishlarini inson salomatligiga ko’rsatadigan salbiy oqibatlari to’g’risida ;

•Мurabbiylar murabbiylik guruhi talabalari bilan yotoqxonalaridan va ularning yashash sharoitlaridan xabar oladilar.