Ilmiy yo’nalishi: 1. "Chaqaloq yoshidagi go’daklarning organizmida, nojo’ya ekologik faktorlar fonida, temir modda almashinuvining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish"; 2."O’zbekiston hududida istiqomat qiluvchi bolalarda leykoz kasalligining reestrini o’rganish"; 3. "O’smir yoshdagi bolalarda keng tarqalgan mikroelementozlarning tashxisiy, profilaktik va davo algoritmini ishlab chiqarish"; 4. "O’zbekistonda qon xizmatini takomillashtirish maqsadida faol qon va zardob donorlarining sog’liqini tezkor tiklash algoritmini ishlab chiqish" Yuqoridagi mavzular bo’yicha kafedrada 1 ta fan doktori va 2 ta fan nomzodi tayyorlangan. 200 dan ko’p ilmiy maqola, 2 ta monografiya, 17 ta o’quv uslubiy ko’rsatma, 9 ta informatsion hat chop etilgan Bo’lib, 18 ta mualliflik guvohnomasi olingan. 2003 yildan boshlab 7 ta tadqiqot loyihasi, 3 ta innovasion loyiha, 2 ta halqaro ilmiy loyiha sovrindori bo’lib, 1 ta doktorlik va 2 ta kandidatlik dissertatsiyalariga ilmiy yordam uyushtirilgan. Ilmiy xamkorlik. «Sen yolgiz emassan...», «Soglom avlod uchun» jamg’armalari, Respublika bolalarni ijtimoiy moslashuv markazi, shuningdek xalqaro tashkilotlar YuNISEF, Xalkaro sog’liqni saqlash tashkiloti bilan ijtimoiy muhtoj bolalar sog’lig’ini saqlash bo’yicha xamkorlikda ish yuritadi. Kursni ilmiy izlanishlari s’ezd, konferenstiyalar, anjumanlarda xorij davlatlarida (Avstriya, Gollandiya, Koreya, Avstriya, Ukraina, Rossiya) va O’zbekistonning yirik shaxarlarida ma’ruza qilingan (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Nukus). Kafedra xodimlari tomonidan 300 dan ortiq ilmiy maqolalar nashrdan chiqarilgan. Kursimiz xodimlari Gematologiya ilmiy-izlanish instituti va Uzbekiston Respublikasi Immunologiya ilmiy-izlanish institutlar bilan faol hamkorlik olib bormoqdalar.