Kurs o`quv va o`quv-metodik ishlari

Dars berish jarayoni yangi texnologiya uslublari orqali beriladi (grafik organayzer, loyiha, keys uslublari, multimediya ma’ruza materiallari). Undan tashqari, 5- va 6- kurs dasturining boblariga binoan bir qator tematik o’quv xonalar (3) mavjud. Kurs xodimlari Gematologiya fani bo’yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llagan holda o’quv-uslubiy tavsiyalar, o’quv qo’llanmalari yaratishda faol ishtirok etishmoqda. Hozirgi kunda ular tomonidan 4 ta o’quv qo’llanmalari nashr qilingan. O’qitish ko’rsatkichlari, professor o’qituvchilarning mavqei shakllandi, malakasi oshdi, yangi pedagogik texnologiyalar o’rganildi.