Inson qanday kasb egasi bo‘lmasin, bugungi globallashuv va integratsiyalashuv hamda raqobatbardoshlikni talab etadigan davrda jamiyatda o‘z o‘rnini topish uchun shubxasiz chuqur ilm egasi bo‘lishi darkor.
Shuning uchun oxirgi yillarda tibbiyot oliygoxlari talaba yoshlar orasida dunyoda etakchi bo‘lgan tibbiy ta’lim muassasalarida o‘qish yoki malaka oshirish ishtiyoqida bo‘lganlar ko‘payib bormoqda. Biroq ushbu istakni ro‘yobga chiqarish uchun har doim ham yoshlar zimdan bel bog‘lashga chog‘lanishmaydi va bu jarayonni mushkul deb o‘ylashadi.
Ushbu saxifada qanday qilib chet elda malaka oshirish yoki ta’lim olish mumkin degan savolga ketma ket javob beramiz:
- Avvalom bor talabgar o‘z maqsadiga aniqlik kiritish kerak. Ya’ni qaysi yo‘nalishda malaka oshirmoqchi va qaysi davlatda;
- Xorijiy davlat OTM si qo‘yadigan talablarni bilish;
- Moliyaviy manb’a –chunki ko‘pincha bu manba xorijiy OTM ni o‘zi bo‘lmaydi;
- Moliyaviy manba yoki donor tashkilotini talablari;
Donor tashkiloti qanday tashkilot?
Donor tashkiloti bu xalqaro ta’lim granti (masalan Erasmus plyus) ni yutib olgan xorijiy OTM, yoki boshqa bir tashkilot bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ushbu tashkilot O‘zbekistonda tan olingan legal tashkilot bo‘lishi muximdir. Chunki yoshlarni boshqa maqsadlarda grant asosida chaqirib oladigan va o‘z maqsadlarida foydalanadigan tashkilotlar ham yo‘q emas.
Donor tashkilot yoki xorijiy OTM talabgordarga qanday talablarni qo‘yadi?
Chet tilini puxta bilish;
- Yaxshi yozilgan insho yoki esse – goxida bu motivatsiya xati (motivation letter) ko‘rinishida bo‘lishi mumkin;
- Yaxshi yozilgan rezyume;
- Talab etiladigan xujjatlar.
Grant yoki moliyaviy ko‘mak turlari:
- Full scholarship - to‘liq grant yoki stipendiya odatda bu turdagi grantlar tanlab olingan talabgorni xorijdagi barcha xarajatlarini qoplaydi, jumladan aviachiptalarni ham.
- Partial scholarchip – odatda bu turdagi grantlar tanlab olingan talabgorni xorijdagi qisman qoplaydi.
- Tuition fee scholarship - – odatda bu turdagi grantlar tanlab olingan talabgorni fakat Universitetda ukish uchun pulini tulab beradi. Kolgan tulovlarni odatda talabani o‘zi to‘laydi yoki talaba yana boshqa manba orqali qolgan xarajatlarini qoplaydi.
Chet elda ta’lim olish uchun qanday grant yoki Universitetdant taklif xatini olishidan qat’i nazar talabgor talaba yoki ilmiy izlanuvchi albatta bu xaqda yaqinlari va o‘zi o‘qiyotgan ta’lim muassasasi xalqaro aloqalar bo‘limlari bilan avval maslaxatlashishi maqsadga muvofiqdir.