Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so`ng barcha sohalarda bo`lgani kabi ta`lim sohasini ham tubdan isloh qilish, yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsad qilib qo`yildi.
Mazkur sohani tubdan isloh qilish maqsadida, hukumatimiz tomonidan O`zbekiston Respublikasi "Ta`lim to`g'risida"gi qonunining talablariga muvofiq holda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tasdiqlandi.
Mazkur dasturda belgilangan vazifalarni amalga oshirish, yoshlarning ta`lim olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish, oliy ma`lumot olayotgan fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytiriш maqsadida esa O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi "Oliy o`quv yurtlarida to`lov-kontrakt asosida o`qish uchun ta`lim kreditlari berish to`g'risida"gi 318-sonli qaroriga muvofiq, "Oliy o`quv yurtlarida to`lov-kontrakt asosida o`qish uchun ta`lim kreditlari berish to`g'risidagi Nizom" tasdiqlandi.
Tijorat banklari tomonidan ta`lim kreditlari berish ularni qaytarish, to`lovning ta`minlanganligi, muddatliligi va ulardan maqsadli foydalanish shartlari asosida amalga oshiriladi.
Ta`lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta`lim muassasalarining kunduzgi bo`limlariga to`lov-kontrakt asosida qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lgan talabalarning o`qishi uchun talabalarning o`zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga berilishi mumkin.
Tijorat banklari tomonidan beriladigan ta`lim kreditlari, oliy ta`lim muassasalarida o`qish davrи hisobga olingan holda, bakalavriyatga o`qishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha, magistraturaga o`qishga qabul qilingan talabalarga esa 5 yilgacha bo`lgan muddatga beriladi.
Mazkur Nizomga muvofiq tijorat banklari tomonidan berilgan ta`lim kreditlari bo`yicha: chin etimlargа, "Mehribonlik uylari"da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga nol' foiz stavkasi (foizsiz kredit);
talabalarning qolgan toifalariga O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo`lmagan o`zgaruvchi foiz stavkalari belgilanadi.
Mazkur Nizomga muvofiq, ta`lim kreditlari bo`yicha foiz stavkasi va tijorat banklari tomonidan qo`shiladigan foizlar uchun to`lovlar miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasiga qarab o`zgarishi mumkin, bu kredit shartnomasida qayd etilishi kerakligi belgilangan.
Kam ta`minlangan oilalardan bo`lgan talabalar uchun kredit bo`yicha qo`shilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan ta`minlashga ko`maklashish davlat jamg'armasi mablag'laridan to`lanadi.
Ko`rsatib o`tilgan imtiyozga huquqli bo`lgan oilalar Kam ta`minlangan oilalarni hisobga olish va ularga moddiy yordam tayinlash va berishning amaldagi tartibiga muvofiq fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan aniqlanadi.
Ta`lim kreditlari uchun foizlarni hisoblash va to`lash ta`lim muassasasiga o`tkazilgan summa berilgan vaqtdan, asosiy qarzni qaytarish esa talaba tomonidan oliy ta`lim muassasasida o`qishning ta`limnи ushbu turi uchun rasmiy belgilangan muddati tugallangandan so`ng, ayrim kurslarda takroran o`qish muddati hsobga olinmasdan, uch oy o`tgandan so`ng boshlanadi.
Talaba muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan davrda ta`lim kreditlari uchun foiz stavkalari hisoblanmaydi.
Ta`lim kreditlari, qoidaga ko`ra, qarz oluvchi yashaydigan aholi punktida joylashgan tijorat banklari muassasalari tomonidan beriladi.
Ta`lim kreditini olish uchun qarz oluvchi tijorat bankiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) ta`lim krediti berish to`g'risidagi ariza;
b) talaba va oliy ta`lim muassasasi o`rtasidagi to`lov-kontrakt asosida o`qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt). Kontraktda o`qishning belgilangan muddati va bir yil uchun to`lov miqdori ko`rsatilgan bo`lishi lozim. O`qish uchun to`lov miqdori keyingi yillarda o`zgargan hollarda kontraktlarga tegishli o`zgartirishlar kiritiladi, bu haqda oliy ta`lim muassasasi o`n kun muddatda bankka yozma ravishda ma`lum qiladi, so`ngra qarz oluvchi, bank va oliy ta`lim muassasasi o`rtasidagi kredit shartnomasiga zarur o`zgartirishlar kiritiladi;
v) fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan qarz oluvchining yashash joyi to`g'risida berilgan ma`lumotnoma;
g) kreditni qaytarishning ta`minlanishi to`g'risida hujjat;
d) imtiyozli ta`lim kreditlari olish huquqiga ega bo`lgan chin etimlar, "Mehribonlik uylari"da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari, kam ta`minlangan oilalardan chiqqanlar tegishlи tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.
qarz oluvchi yuqoridagi hujjatlarni bankka taqdim etish bilan ayni bir vaqtda pasportini shaxsan ko`rsatadi. Bank pasportdan va taqdim etilgan boshqa hujjatlardan zarur ko`chirmalar va nusxalar olishga haqlidir.
Olingan kredit qaytarilmasligi xavfining oldini olish maqsadida qarz oluvchi quyidagi ta`minlash shakllaridan birini bankka taqdim etishi lozim, uning amalga oshirilishi unga qo`yilgan asosiy talab hisoblanadi:
mol-mulk yoki qimmatli qog'ozlarni garovga qo`yish;
bankning kafolati;
uchinchi shaxsning kafilligi;
sug'urta kompaniyasining qarz oluvchi kreditni qaytara olmasligi xavfi sug'urta qilinganligi to`g'risidagi sug'urta polisi;
fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarining kafilligi (faqat chin etimlar va "Mehribonlik uylari"da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari va kam ta`minlangan oilalardan chiqqanlar uchun).
Bank qarz oluvchi tomonidan kredit olish uchun taqdim qilingan ariza va boshqa hujjatlarni o`rganib chiqadi.
Agar kreditni qaytarish ta`minlanishi sifatida kafolat yoki kafillik shartnomasi taqdim qilingan bo`lsa, bank garant va kafilning moliyaviy ahvolini baholaydi.
Agar taqdim etilgan hujjatlar bank talablariga javob bersa, bank, qarz oluvchi va oliy ta`lim muassasasi o`rtasida kredit shartnomasi tuziladi.
Kam ta`minlangan oilalardan chiqqan talabalarning o`qishi uchun ta`lim kreditlari berish uchun har bir tomonning mazkur Nizomdan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlari aniq belgilangan holda bank, qarz oluvchi, oliy ta`lim muassasasi va Ish bilan ta`minlashga ko`maklashish davlat jamg'armasi o`rtasida ko`p tomonlama kredit shartnomasi tuziladi.
Tijorat banklari qarz oluvchi tomonidan ta`lim krediti berishni so`rab bankka taqdim qilingan ariza va unga ilova qilingan to`la hujjatlar to`plamini 10 ish kuni mobaynida ko`rib chiqishi va kredit shartnomasini imzolashi yoki kredit berilmasligi to`g'risida qaror qabul qilingan taqdirda arizachiga kredit berishning rad etilishi sababi ko`rsatilgan yozma xulosa berishi lozim.
Ta`lim krediti qarz oluvchining ssuda hisob raqamidan uning shaxsiy yozma topshirig'i asosida oliy ta`lim muassasasining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga mablag' o`tkazish yo`li bilan beriladi.
Ta`lim kreditlari bo`yicha mablag'lar kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda har yarim yilda o`qish uchun yillik to`lovning to`liq miqdorini ikki teng qismga bo`lish yo`li bilan o`tkaziladi. Bunda yangidan qabul qilingan talabalar uchun birinchi yarim yillikda o`qiganlik uchun boshlang'ich to`lov joriy yilning 1 oktyabrigacha, ikkinchi yarim yillik uchun navbatdagi kalendar' yilning 15 martigacha to`lanadi.
O`qishning ikkinchi yilidan boshlab kredit hisobiga to`lovlar har yarim yillik birinchi oyi (sentyabr' va mart)ning 5-kunidan kechiktirilmay to`lanadi.
Foizlar qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda to`lanadi.
Kam ta`minlangan oilalardan chiqqan talabalarning o`qishiga ta`lim kreditlari uchun foizlar qarz oluvchi va jamg'arma tomonidan har oyda, hisoblangan foizlar summasining 1/2 qismi bo`yicha teng ulushlarda to`lanadi.
Jamg'arma hisoblangan foizlar summasini to`lov topshiriqnomasi bilan bank bildirishnomasi olingandan keyin uch ish kuni mobaynida o`tkazadi.
Ta`lim krediti berilgandan so`ng bank kredit ta`minlanishi bo`yicha shartnomada ko`rsatilgan tartibda monitoring olib boradi.
Boshqa kredit turlari qatori ushbu ta`lim kreditini ham qarz oluvchi kredit shartnomasida belgilangan muddatdan oldin qaytarishga haqlidir.
Hukumatimiz tomonidan ushbu ta`lim kreditini amaliyotga keng tatbiq etilishi, yoshlarning oliy o`quv yurtlarida ta`lim olishga bo`lgan ishtiyoqini oshishiga, ayniqsa, boquvchisini yo`qotgan chin etimlarni va "Mehribonlik uylari"da tarbiyalanganlarni hamda bolalikdan I va II guruh nogironlarni, shu bilan birga kam ta`minlangan oilalardan chiqqan talabalarning ta`lim olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish va ularning ota-onalarini ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qo`llab-quvvatlashga zamin yaratди.
Hukumatimiz tomonidan yoshlarimizning keng bilim olishlari uchun ularga va ularning ota-onalariga ijtimoiy hamda iqtisodiy yengillik yaratish maqsadida O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq, fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining O`zbekiston Respublikasi oliy o`quv yurtlarida ta`lim olish uchun (o`zininг o`qishi yoki yigirma olti yoshga to`lmagan farzandlarining o`qishi uchun) yo`naltiriladigan summalari daromad solig'iga tortilmasligi belgilab qo`yildi.