Bitiruvchilar monitoringi

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 2016-2017 o’quv yillarida bitiruvchilarni ishga joylashish bo’yicha ma’lumot. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tomonidan bitiruvchilarning bandligini ta’minlash yuzasidan yillik ish va chora tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan va shunga asosan bugungi kunda ToshPTida tayyorlanayotgan oliy malakali kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning extiyojini o’rganish asosida bakalavriyat, magistratura yo’nalishi bo’yicha har yili monitoring o’tkaziladi unga asosan quyidagilar ma’lum bo’ldi. 2016-2017 o’quv yilda jami bakalaviriyat yo’nalishi bo’yicha jami 455 nafar bitiruvchi tamomlagan, 444 nafar bitiruvchi bandligi ta’minlangan ya’ni 97,5 % tashkil etadi. Davlat grant asosida 161 nafar bitiruvchi tamomlagan, shundan ishga joуlashgan 58 nafar bitiruvchi shaxar Oilaviy poliklinikalari, shaхar va viloyat Tibbiyot birlashmalari, Qishloq vrachlik punktlari, Qishloq oilaviy poliklinikalari hamda tibbiyot kollejlariga ishga joylashdilar. O’qishdan keyingi faoliyatini ToshPTI, TTA, ToshVMOI, TTA Urganch filiali, ToshPTI Nukus filiali, AnDMI, BuxMI, SamMI oliygoxlarida magistratura va klinik ordinaturada o’qishni davom ettirayotganlar 86 nafarni tashkil etadi. Turmushga chiqqan va farzandi tarbiyasi bilan shug`ullanayotgan bitiruvchilar 12 nafarni tashkil etadi. Rossiya Federastiyasi Kozon Davlat tibbiyot universiteti, Sank-Peturburg Davlat pediatriya tibbiyot universitetiga o’qishga kirganlar 3 nafarni tashkil etadi. Shundan 2 nafar bitiruvchi oilaviy sharoiti tufayli chet elga ko’chib ketgan. To’lov-kontrakt to’lov asosida jami 294 nafar bitiruvchi bo’lib, ulardan ishga joylashgan 109 nafar bitiruvchi shaxar Oilaviy poliklinikalari, shaxar va viloyat Tibbiyot birlashmalari, Qishloq vrachlik punktlari, Qishloq oilaviy poliklinikalari, tibbiyot kollejlari hamda xususiy tibbiyot shifoxonalariga ishga joylashdilar. O’qishdan keyingi faoliyatini ToshPTI, TTA, ToshVMOI, TTA Urganch filiali, ToshPTI Nukus filiali, AnDMI, BuxMI, SamMI oliygoxlarida magistratura va klinik ordinaturada o’qishni davom ettirayotganlar 151 nafarni tashkil etadi. Turmushga chiqqan va farzandi tarbiyasi bilan shug`ullanayotgan bitiruvchilar 15 nafarni tashkil etadi. Kozon Davlat tibbiyot universiteti, Sank-Peturburg Davlat pediatriya tibbiyot universitetiga o’qishga kirganlar 4 nafarni tashkil etadi. Shundan 2 nafar bitiruvchi oilaviy sharoiti tufayli chet elga ko’chib ketgan. Shulardan 11 nafar bitiruvchilar ishga joylashish jarayonida. 2016-2017 o’quv yilda magistratura 25 ta mutaxassislik bo’yicha jami 128 nafar bitiruvchilar bitirgan, shulardan 117 nafar bitiruvchi bandligi ta’minlangan ya’ni 91,4% tashkil etadi. Davlat granti asosida 46 nafar magistratura bitiruvchilari bo’lib, ulardan ishga joylashgan 36 nafar bitiruvchi oilaviy poliklinikalari, shaxar va viloyat Tibbiyot birlashmalari, Respublika Pediatriya ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy tibbiyot markazi, Respublika ko`z kasalliklari klinik shifoxonasi, Respublika immunologiya ilmiy markazi, Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi, Toshkent shaxar silga karshi kurash dispanseri, Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti kafedralarida hamda viloyatlar Qishloq vrachlik punktlarida ish faoliyatlarini yuritmoqdalar. To’lov-kontrakt asosida jami 82 nafar magistratura bitiruvchilari bo’lib,ulardan ishga joylashgan 58 nafar bitiruvchi shaxar oilaviy poliklinikalari, shaxar va viloyat tibbiyot birlashmalari, Respublika pediatriya Ixtisoslashtirilgan tibbiy ilmiy amaliy tibbiyot markazi, Respublika Travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tekshirish instituti, Akademik V.Voxidov nomli Ixtisoslashtirilgan Xirurgiya markazi, Toshkent tibbiyot Akademiyasi kafedralarida, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy amaliy markazi hamda viloyat filiallarida, Respublika bolalar kam invaziv va endovizual jarroxlik ilmiy amaliy markazi, Murruvat uylarida, TTA Urganch filiallarida va o’z mutaxassisliklari bo’yicha xususiy tibbiyot shifoxonalarida ishga joylashib o’z faoliyatlarini yuritmoqdalar. 2016-2017 o’quv yilida jami 29 ta mutaxassislik bo’yicha klinik ordinatura ta’lim turi bo’yicha 156 nafar bitiruvchi bitirgan bo’lib,ulardan 150 nafar bitiruvchi bandligi ta’minlangan ya’ni 96,1% tashkil etadi. Davlat granti asosida 24 nafar bitiruvchi tamomlagan, ulardan ishga joylashgan 21 nafar bitiruvchi Oilaviy poliklinikalari, shaxar va viloyat Tibbiyot birlashmalari, Respublika Pediatriya ixtisoslashtirilgan amaliy tibbiyot markazi, Respublika Neyroxirurgiya ilmiy markazi, Toshkent shaxar silga karshi kurash dispanseri, Respublika Ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, hamda Viloyat Qishloq vrachlik punktlarida ish faoliyatlarini yuritmoqdalar. To’lov-kontrakt asosida 132 nafar bitiruvchi bitirgan bo’lib, ulardan ishga joylashgan 108 nafar bitiruvchi shaxar oilaviy poliklinikalari, shaxar va viloyat Tibbiyot birlashmalari, Respublika pediatriya ixtisoslashtirilgan tibbiy amaliy tibbiyot markazi, Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti, Akademik V.Voxidov nomli Ixtisoslashtirilgan Xirurgiya markazi, Toshkent tibbiyot Akademiyasi kafedralarida, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy amaliy markazi hamda viloyat filiallarida o’z mutaxassisliklari bo’yicha xususiy tibbiyot shifoxonalarida ishga joylashib o’z faoliyatlarini yuritmoqdalar. 2017-2018 o’quv yilda jami bakalavriyat yo’nalishi bo’yicha 406 nafar bitiruvchi bandligi ta’minlangan ya’ni 100% tashkil etadi. Davlat grant asosida 146 nafar bitiruvchi tamomlagan bo’lib, ularning barchasi ishga joylashgan. Barcha bitiruvchilar o’z yashash manzili bo’yicha quyidagi davolash-profilaktika muassasalarida ish faoliyatlarini yuritmoqdalar. Shaxar Oilaviy poliklinikalari, shaxar va viloyat Tibbiyot birlashmalari, Viloyat Qishloq vrachlik punktlari, qishloq oilaviy poliklinikalari, ko’p tarmoqli tibbiyot birlashmalari. To’lov-kontrakt asosida 260 nafar bitiruvchi tamomlagan bo’lib, ularning barchasi ishga joylashgan. Barcha bitiruvchilar o’z yashash manzili bo’yicha quyidagi davolash-profilaktika muassasalarida ish faoliyatlarini yuritmoqdalar. Shaxar oilaviy poliklinikalari, shaxar va viloyat tibbiyot birlashmalari, qishloq vrachlik punktlari, qishloq oilaviy poliklinikalari, ko’p tarmokli tibbiyot birlashmalari. 2017-2018 o’quv yilda jami klinik ordinatura mutaxassisliklar bo’yicha jami 97 nafar bitiruvchi tamomlagan. 97 nafar bitiruvchi bandligi ta’minlangan ya’ni 100% tashkil etadi. Davlat grant asosida 29 nafar bitiruvchi tamomlagan bo’lib, ularning barchasi ishga joylashgan. Barcha bitiruvchilar o’z yashash manzili bo’yicha quyidagi davolash-profilaktika muassasalarida ish faoliyatlarini yuritmoqdalar. Shaxar oilaviy poliklinikalari, shaxar va viloyat tibbiyot birlashmalari, qishloq vrachlik punktlari, qishloq oilaviy poliklinikalari, ko’p tarmoqli tibbiyot birlashmalari. To’lov-kontrakt asosida 68 nafar bitiruvchi tamomlagan bo’lib, ularning barchasi ishga joylashgan. Barcha bitiruvchilar o’z yashash manzili bo’yicha quyidagi davolash-profilaktika muassasalarida ish faoliyatlarini yuritmoqdalar. Shaxar oilaviy poliklinikalari, shaxar va viloyat tibbiyot birlashmalari, qishloq vrachlik punktlari, qishloq oilaviy poliklinikalari, ko’p tarmoqli tibbiyot birlashmalari, Toshkent shaxar sud-tibbiy ekspertiza bosh byurosi, ToshPTI kafedralarida, Sog`liqni Saqlash Vazirligi 2-son Respublika klinik shifoxonasi, Kimyolashtirish va o’simliklarni ximoya kilish vositalari davlat komissiyasida, Toshkent shaxar Narkologiya dispanseri, Respublika Endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi xamda xususiy tibbiyot shifoxonalarida ishga joylangan.